Mazkur qonun loyihasiga köra, «Çexiya radiosi» va «Çexiya televideniyesi»ni moliyalaştirişning amaldagi tizimi bekor qilinişi mumkin. Hozirda uşbu OAV asosan maxsus abonentlik (litsenziya) tölovlari hisobidan moliyalaştiriladi. Yangi tartib esa ularni töğridan töğri davlat budjeti mablağlari hisobiga ötkazişni nazarda tutadi.
Norozilik iştirokçilari va jurnalistlar uyuşmalari fikriça, bunday özgariş davlat OAVning mustaqilligiga xavf tuğdirişi mumkin. Ular hukumat mablağ ajratiş orqali tahririyat siyosatiga ta’sir ötkaziş imkoniyatiga ega bölib qolişidan xavotir bildirmoqda.
Iş taşlaş qömitasi raisi Yan Krjyemen qonun loyihasini «şoşilinç tayyorlangan va köp jihatdan jurnalistika manfaatlariga qarşi hujjat» deb atadi. Uning sözlariga köra, taklif etilayotgan islohotning asosiy maqsadi OAVni siyosiy nazorat ostiga olişdan iborat.
Qonun loyihasida közda tutilgan raqamlarga köra, «Çexiya radiosi» uçun davlat budjetidan 2,07 milliard çex kronalari (85,6 million yevro) ajratilişi rejalaştirilgan. Bu amaldagi tizimda yiğiladigan mablağdan 410 million kron kam hisoblanadi.
«Çexiya televideniyesi» esa 2027 yilda budjetdan 5,74 milliard kron (237,5 million yevro) olişi mumkin. Holbuki, amaldagi litsenziya tölovlari saqlanganda telekanal 6,73 milliard kron (278,4 million yevro) mablağ olişi kutilgan edi.
«Çexiya radiosi» boş direktori Rene Zavoral hukumat taklifini jiddiy kamçiliklarga ega deb baholadi. Madaniyat vaziri Oto Klempirj esa qonun loyihasiga tegişli özgartişlar kiritilişini va’da qildi.
21 iyun kuni bölib ötgan aksiya Pragadagi «Çexiya televideniyesi» binosi oldida taşkil etildi. Namoyişçilar Çexiya bayroqlarini kötarib, davlat OAV mustaqilligini saqlab qoliş talabini ilgari surdi.
Jurnalistlar esa keyingi kunlarda ogohlantiruvçi iş taşlaş aksiyasini ötkaziş niyatida ekanliklarini ma’lum qildi.
Qonun loyihasi tanqidçilari uşbu özgarişlar hukumatga davlat OAV ustidan nazoratni kuçaytiriş imkonini berişini ta’kidlamoqda. Ular bu holatni Slovakiyada Robert Fitso va Vengriyada Viktor Orban hukumatlari davrida kuzatilgan media siyosati bilan qiyoslamoqda.

















