Yuzlab afğon harbiylari toliblar hujumidan Tojikistonga qoçib ötmoqda
|16:46 / 06.07.202147 0799 min
Sönggi kunlarda Afğoniston armiyasining mingdan ortiq harbiysi toliblar bilan janglardan çekinib, jon saqlaş uçun Tojikiston hududiga qoçib yaşirinişga majbur bölgan.
Foto: ReutersFoto: Reuters
«Xovar» axborot agentligi çegara qöşinlari matbuot xizmatiga tayanib xabar berişiça, duşanba kuniga ötar keçasi Tojikistonga çegara orqali 1037 nafar afğon harbiy xizmatçisi kirgan. Agentlik ma'lumotiga köra, bir kun oldinroq, 4 iyul kuni Tojikistonga yana 94 nafar afğon harbiysi qoçib ötgandi.
Tojikiston hukumati afğon harbiy xizmatçilariga öz hududiga kirişga ruxsat bermoqda. «Xovar» xabariga köra, afğonistonlik harbiylar çegaradan bir vaqtda emas, guruh-guruh bölib turli vaqtlarda va çegaraning turli nuqtalarida ötişgan. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tojik-afğon çegarasini mustahkamlaş uçun 20 ming harbiy xizmatçini safarbar qildi.
«Interfaks» 3 iyul kuni 300 nafarga yaqin afğon harbiylari «Tolibon» harakati hujumi ostida Tojikiston hududiga çekingani haqida xabar bergandi. Iyun oyi oxirida ham önlab afğon harbiylari tojiklar hududiga qoçib ötgandi.
Xorijiy bazalarsiz
Afğonistondagi vaziyat mamlakatdan AQŞ va NATO mamlakatlari harbiy kontingenti olib ketilişi fonida yomonlaşmoqda.
Afğon harbiylari endi mamlakatdagi barça harbiy infratuzilmalarni nazorat qilişadi, ammo toliblar ularni tortib olmoqçi.
Afğonistonning bir neça tumanlarida qaqşatqiç janglar davom etmoqda. Sönggi kunlarda Afğonistonning Tojikiston bilan çegaradoş bölgan Badaxşon viloyatida toliblar yaqqol ustun kela boşlagan.
Iyul oyida toliblar janubdagi Qandahor viloyatida ham katta hududlarni egallab oldi, ötgan oyda şimoldagi Qunduz va markazdagi Vardak egallangandi. Afğoniston rasmiylari ma'lumotiga köra, hozirda mamlakat hududining uçdan bir qismi toliblar qöliga ötgan.
BBC radiosi Afğon xizmati muharriri, professor Dovud A'zamiyning aytişiça, hukumat kuçlarining jangovar tayyorgarligi yuqori darajada emas.
«AQŞ va NATO kuçlarining zudlik bilan olib ketilişi afğon xavfsizlik kuçlarini ruhiy jihatdan sindirdi. Toliblar birdaniga bir neça frontdan hujumga ötgani bois hukumat kuçlari mamlakatning qator tumanlarida, ayniqsa amerikalik harbiylarning havodan qöllab-quvvatlovi töxtagan pallada, öz pozitsiyalarini himoya qiliş uçun imkoniyat va resurslar yetişiga işonqiramayapti», deydi tahlilçi.
Mavzuga oid
2020 yilda AQŞ va «Tolibon» vakillari Dohada tinçlik kelişuvini imzolaşgandi. Unga köra Afğonistondan xorij harbiylarini 14 oy muddat içida olib ketiş, asirlar almaşuvi va mamlakatning legitim hukumati bilan muloqot örnatiş közda tutilgandi.
14 oylik muhlat 2021 yilning 1 mayida yakunlangan bölsa-da, Bayden amerikalik harbiylarni töliq olib çiqiş muddatini 11 sentyabrga qoldirgandi. Ötgan hafta oxirida Afğonistondagi xalqaro harbiy amaliyotlar ötkazişda foydalanib kelingan eng asosiy punkt - Bagromdagi harbiy bazani sönggi xorijlik harbiylar ham tark etişdi.
Reuters manbasi xabar berişiça, Afğonistonda kiçik kontingent qoldiriladi, bu harbiylar Amerika elçixonasi va Kobuldagi xalqaro aeroportni qöriqlaşadi.
Toliblarning ultimatumi
Ammo toliblar Afğonistonda birorta ham xorijlik askar qolmasligini talab qilişmoqda. Harakat vakili Suhayl Şahin BBC uçun bergan intervyusida şu haqda aytib ötgan. Uning sözlariga köra, bu talab AQŞ mudofaa vazirligi bilan şartnoma asosida xizmat qiluvçi xodimlarga ham taalluqli böladi.
Toliblarga mahalliy aholi vakillaridan tuzilgan qurolli guruhlar qarşi çiqmoqda
«Biz xorijlik harbiylarga qarşimiz, ammo diplomatlarga, nodavlat taşkilotlar xodimlariga emas. Nodavlat taşkilotlar va elçixonalar - bizning odamlarimizga kerak, biz ularga tahdid solmaymiz», degan «Tolibon» vakili.
Suhayl Şahinning sözlariga köra, uyezdlar va şaharlarning katta qismi janglar natijasida emas, muzokaralar vositasida qölga kiritilmoqda - hukumat kuçlari şunçaki ular bilan jang qilişni istamayapti.
«Toliblar hukumat kuçlari jangçilari bilan muzokaralarga kirişmoqda va ularga demoqda: «Sizlarda uç haftadan buyon yeyişga ovqat yöq, sizlarda öq-dori yetişmayapti, heç kim sizlarni qutqarişga kelmaydi, jarohatlanganlar va halok bölganlarni heç kim olib ketmaydi. Biz esa sizlarni qöyib yuborişga tayyormiz, faqat qurollarni topşirsangiz bölgani», - deya hikoya qiladi BBC’ga Afğoniston armiyasi maxsus otryadi bilan reydda bölgan Times jurnalisti Entoni Loyd.
Gap Afğoniston armiyasining yirik harbiy bazalari haqida borganda esa, «Tolibon» hatto askarlarga öz şaxsiy qurollarini olgan holda ketişni taklif etmoqda. Natijada askarlar çekinmoqda, bazalardagi önlab texnikalar, jumladan amerikaliklar tomonidan afğon armiyasiga berilgan zamonaviy zirhli avtomobillar toliblar qöliga tuşmoqda. Şuningdek, jangarilar minomyotlar, ulkan miqdordagi öq-dori va boşqa oğir qurollarni ölja qilib olişmoqda.
Afğoniston prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Hamdulla Mohib «RIA Novosti»ga bergan intervyusida aytişiça, hukumat uçun toliblarning harakatlari kutilmagan hol bölgan.
«Biz bu yil «Tolibon»dan biz bilan Afğonistonda tinçlik örnatiş böyiça muzokaralar boşlaşini kutgandik. Butun dunyo va mintaqaning umidlari şunday edi. Ammo, afsuski, toliblar ogohlantirişsiz yurişlar boşladi, bu esa mamlakatdagi barça sohalarga salbiy ta'sir körsatdi: ular tumanlar markazlariga, maktablarga, xavfsizlik xizmatimiz xodimlariga hujumlar qilişdi, ular köpriklarni portlatişdi va jamoat infratuzilmalarini yöq qilişdi», degan u.
Mohibning sözlariga köra, afğon viloyatlarida hukumat kuçlarini mahalliy aholi vakillaridan tuzilgan qurolli otryadlar qöllab-quvvatlamoqda, şu tufayli mamlakatda uzoq davom etadigan fuqarolik uruşi boşlanib ketişi mumkin.
Ikkinçi afğon uruşi bölmaydi
Afğonistondagi vaziyat - doimo Rossiya hukumati e'tiborida bölib keladi.
Tojikistonda köp yillardan buyon rossiyaliklarning 201-harbiy bazasi mavjud. Bu suratda rossiyalik va tojikistonlik harbiylarning 2017 yildagi öquv maşğuloti aks etgan
«Biz avval ham bir neça marta aytganmiz, amerikaliklar va ularning ittifoqçilari Afğonistondan çiqib keta boşlagandan söng, bu davlatdagi vaziyat xavotirni kuçaytirmoqda.
Vaziyat rivojlanib borişi bilan bizning harbiylarimiz va çegaraçilarimiz kerakli qarorlarni qabul qiladi. Biz diqqat bilan kuzatmoqdamiz va afsus bilan aytişimiz mumkinki, beqarorlik yuz bermoqda», degan 5 iyul kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Rossiyaning Afğoniston bilan umumiy çegaralari yöq, ammo bu davlatning qöşnilari - Özbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bilan jiddiy iqtisodiy aloqalar bor va bu davlatlardan Rossiyaga köp sonli mehnat muhojirlari kelib işlaşadi.
Duşanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilgan, tomonlar tojik-afğon çegarasidagi murakkab vaziyatni muhokama qilişgan. Suhbat davomida Putin Afğoniston bilan çegaradagi vaziyatda Tojikistonga zarur qöllab-quvvatlov bölişini va'da qildi - ikki tomonlama munosabatlar doirasida ham, Kollektiv Xavfsizlik Şartnomasi Taşkiloti (KXŞT/ODKB) doirasida ham.
Köplab ekspertlar Afğonistondagi vaziyat qöşni davlatlar barqarorligiga ta'sir körsatiş orqali Rossiyaga ham tahdid solişi mumkin deb hisoblaydilar.
Şu bilan birga, Moskva hozirça Afğonistonga harbiy kontingent yuborişni rejalaştirayotgani yöq. Peskov duşanba kungi matbuot anjumanida mintaqaga Rossiya harbiylarini yuboriş hali rejada yöqligi, ammo vaziyat yanada kuçayib ketsa, «kerakli qarorlar qabul qilinişi»ni aytib ötgan. Çegaradagi vaziyat keskinlaşgan holatda Tojikistonga yordam körsatilişi mumkin.
Iyun oyi oxirida KXŞT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov «RIA Novosti» muxbiri bilan suhbatda, «Tojikiston sörov bilan çiqsa, KXŞT tomonidan özaro kelişuv va taşkilot ustavi böyiça zarur yordam körsatilişini, bunday yordam siyosiy, harbiy va harbiy-texnik kömak tarzida bölişi»ni aytib ötgandi.
Tojikistonda Rossiya armiyasining 201-harbiy bazasi joylaşgan, ma'lumotlarga köra, bu yerda 6 minggaça harbiy bor. Duşanbe yaqinidagi «Ayni» aerodromiga joylaştirilgan Mi-8 va Mi-24 vertolyotlari aviaguruhi ham şu baza tarkibiga kiradi.