Prezident: ixtisoslashgan tog‘ oldi tumanlarida uzumchilik plantatsiyalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev zumchilik va ipakchilik sohasidagi mavjud muammolar hamda bu tarmoqlarni rivojlantirishda muhim vazifalar bo‘yicha videoselektorda tuman hokimlariga 10 kun muddatda uzum yetishtirish tajribasiga ega bo‘lgan tadbirkorlarni tanlab olib, loyihalarni g‘alla va paxtadan qisqaradigan, yangi o‘zlashtiriladigan hamda eski bog‘ va tokzorlar o‘rniga joylashtirish topshirig‘ini berdi.
«Bizda yetishtiriladigan uzumlarning 90 foizi danakli bo‘lib, so‘nggi yillarda Yevropa va Osiyo bozorlarida danaksiz uzum naviga bo‘lgan talab keskin ortib bormoqda. Samarqandda 6,3 ming gektar, Jizzax – 2,8 ming, Toshkent viloyati – 1 ming, Qashqadaryo – 900 gektar va Buxoroda 880 gektar. Tokzorlarning atigi 38 foizi (34 ming 600 gektar) intensiv usulda (voyish va shpalerda) parvarishlanmoqda.
Enoturizm ham soha sifatida hali rivojlanmagan, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida faqat 4ta turistik uzum plantatsiyalari tashkil etilgan, xolos. Qibrayda “Uzum fermer”, Parkentda “Hamkor”, Tayloqda “Bog‘izog‘on”, Farg‘onada “Farg‘ona frans” korxonalari.
Bir narsani aniq tushunib olishimiz kerak, sohaga ilmiy yondashuvlar joriy qilinmas ekan, viloyat va tuman hokimlari butun jamoasi bilan masala ichiga kirib, tumanlarni ixtisoslashtirish, yer ajratish, ko‘chat tayyorlash, mahsulotni eksport qilishni shaxsan nazoratga olmas ekan, sohada katta o‘zgarishlar qilish qiyin bo‘ladi.
Shuning uchun, quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratish zarur.
Birinchidan, ixtisoslashgan tog‘ oldi tumanlarida yirik-yirik uzumchilik plantatsiyalarini tashkil etish kerak.
Misol uchun, o‘tgan yili Oltiariq tumanida g‘alla maydonlari qisqartirilib, 2 ming gektar yerda yirik uzumzorlar barpo etildi (2016 yilda – atigi 27 gektar).
Ushbu yerlar uzum yetishtirish tajribasiga ega bo‘lgan aholiga 1 gektardan 3 gektargacha tanlov asosida bo‘lib berildi. Buning hisobiga tumanda 5 ming nafar kishining doimiy bandligi ta'minlandi.
Eng asosiysi, buning evaziga qo‘shimcha 60 ming tonna uzum yetishtirilib, uning eksporti keyingi yilda qariyb 100 mln dollarga, to‘liq hosilga kirgandan keyin esa yiliga 200 mln dollarga yetadi (2016 yilda tumanda uzum eksporti atigi 5 mln dollar bo‘lgan).
Tuman hokimlari 10 kun muddatda uzum yetishtirish tajribasiga ega bo‘lgan tadbirkorlarni tanlab olib, loyihalarni g‘alla va paxtadan qisqaradigan, yangi o‘zlashtiriladigan hamda eski bog‘ va tokzorlar o‘rniga joylashtirsin.
Bu tanlovlarni ochiqchasiga xalqqa va tadbirkorlarga televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali ochiq e'lon qilsin. Tadbirkorlarga xalaqit qilmasak, salgina ko‘mak bersak, bu foydali biznesni ularning o‘zlari qilishadi», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
-
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
Sport | 21:20 / 31.05.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi
O‘zbekiston | 20:31 / 31.05.2025
Mavzuga oid

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi

20:19 / 24.12.2024