Farğona tumanining Oqbilol qişloğida uzumlar suv tanqis bölsa ham Oltiariqnikidek mazali böladi. Qişloqda uzumlar bu yil ham möl hosil berdi. Qişloq aholisining qöli-qöliga tegmaydigan kunlar allaqaçon kelgan. Abdurahim ota ham tilla rangga kirgan husaynilarni parvariş qiliş bilan band.
Husayniga yetadigani yöq...
“Bu yil uzumlarimiz juda yaxşi hosil berdi. Ayni paytda ham uzumlarga işlov berişda davom etyapmiz. Bir yilda bir boş uzumga kamida 10 marta qöl tekkizsangiz ana undan keyin uzum yaxşi böladi. Hovlida aylanib yurib qarayverasiz.

Uzumlar qança çiroy bergani sari, özingiz ham uzumzordan çiqqingiz kelmay qoladi. Boşqa uzumlarga nisbatan özimizning husayni uzumimiz hammasidan şirin. Kasalliklarga ham çidamli. Saqlayman desangiz, qişda ham turaveradi. Bandi uzilmagan holatda söritokda ham turaveradi.

Endi hozir “xolodilnik”lar çiqib qolib boğbonlar işi ança yengillaşdi. Oqbilolga kelinglar, uzumlarimiz pişib qoldi. Mehmon qilaman. Bemalol olib yeyaverasizlar. Yeganga pul yöq!”, – deydi Abdurahim ota Nazarov.
Suv tanqis bölsa ham uzumlar a’lo...
“Uzumçilik deganda eng avvalo Oltiariq tuşuniladi. Oltiariqning yeri unumdor, suvi yaxşi. Qişloğimizda suv tanqis bölgani sababli asosan uzumning suvga çidamli navini ekamiz.

Ikki gektar uzum boğimiz bor. Undan taşqari yana yangi beş gektar boğ qilganmiz. Daromadimiz uzumçilikdan. Uzumlarga yiliga 100, 150 million söm atrofida xarajat qilib, 450, 500 million söm daromad qilamiz. Hozirgi körib turgan uzum boğlaring mana F1. Bu beşinçi yilgi hosili.

Bu gektaridan örtaça 25 tonna daromad beradi. Endi buni 50 tonna, 60 tonnaga ham çiqarsa böladi. Sifat darajasi tuşib ketadi. Bu 25 tonnaning sifati ham yaxşi böladi. Bundan taşqari oq kelinbarmoq, qora kelinbarmoq kabi olti xil uzumimiz bor. Yangi navlari mana, köçatçilik bilan şuğullanyapmiz hozirgi kunda. Fermerlarga şartnoma asosida köçat sotyapmiz.




Hozirgi kunda respublika miqyosida uzumboğlar barpo qilyapmiz. Xomaşyo qimmatligi sababli, işlab çiqqan “tros” simlaridan, boğlarga tortib beryapmiz. Bu ham arzon, ham sifatli çiqadi”, – deydi boğbon.
40 sotix yerdan 100 mln söm daromad
“Suvi kamligi, yerosti suvlari pastda bölganligi sababli Oqbilolda uzumçilik yaxşi rivojlangan. Buning orqasidan asosiy aholi daromad oladi.

Hozirgi kunda husaynilar 5 000 sömdan 20 000 sömgaça sotilyapti. Xudo xohlasa, uzumçilik orqasidan töylar qilyapmiz, Hajlarga boryapmiz. Bolalarimiz qornini töyğizyapmiz, öqişlarda öqityapmiz, universitetlarda.



Hammasi mehnatning orqasidan bölyapti. Bizning boğlarimiz eski jaydari, ota-bobomiz qilib kelgan husayni bölganligi uçun, 40 sotix yerdan 50 milliondan 100 million sömgaça daromad qilamiz”, – deydi Şermuhammad Ismoilov.
Sarvar Ziyoyev,
Sardor Mamirov,
Kun.uz











