Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi
O‘zbekistonda masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida qurilgan yangi masjidga guvohnoma topshirilgan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani «Bobur» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilgan yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqdagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan.
Ma'lumot uchun, ushbu yangi masjid ro‘yxatga olinishi bilan Surxondaryodagi masjidlar soni 123 taga yetdi. O‘zbekistondagi masjidlar soni esa 2092 ta bo‘ldi.






Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:15 / 27.03.2026