Jahon | 21:19 / 10.07.2021
6474
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh adliya vazirligi Trampning prezidentlikka qaytishi to‘g‘risidagi so‘zlarini xavfli deb atadi

Tramp Just the News nashriga bergan intervyusida agar 2020 yilda o‘tkazilgan saylov natijalari soxtalashtirilgan deb topilsa, yaqin vaqt ichida davlat rahbari lavozimiga qaytishi mumkinligini aytgan.

AQSh adliya vazirligi sobiq prezident Donald Trampning davlat rahbari lavozimiga qaytishi to‘g‘risidagi so‘zlarini xavfli deb atadi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

«Sobiq prezident Donald Trampning Oq uyga qaytishi to‘g‘risidagi bayonotlari uning tarafdorlari tomonidan siyosiy zo‘ravonlik kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Tramp iyun oyi oxirlarida Just the News nashriga bergan intervyusida agar 2020 yilda o‘tkazilgan saylov natijalari soxtalashtirilgan deb topilsa, yaqin vaqt ichida davlat rahbari lavozimiga qaytishi mumkinligini aytgan.

«Agar saylov soxtalashtirilgan bo‘lsa, odamlar o‘z qarorlarini qabul qilishlari kerak bo‘ladi. Bu menga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu jamoatchilikka bog‘liq bo‘ladi. Bu yuz minglab o‘g‘irlangan ovozlar topilganidan so‘ng siyosatchilarga bog‘liq bo‘ladi», — degan u.

Federal prokurorlar Trampning bu so‘zlari mamlakatda yangi zo‘ravonliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta'kidlagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid