Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haiti hukumati AQShdan mamlakat infratuzilmasini himoya qilish uchun qo‘shin kiritishni so‘radi
7 iyulga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Haiti prezidenti Jovenel Moizning qarorgohiga bostirib kirib, davlat rahbarini otib tashlashdi va rafiqasini og‘ir jarohatlashdi. Mamlakatda favqulodda holat e'lon qilindi.
Haiti hukumati AQShga mamlakat infratuzilmasini himoya qilish uchun qo‘shin kiritishni so‘radi. Bu haqda Haiti saylovlar masalasi bo‘yicha vaziri Matias Perga tayanib Reuters xabar berdi.
«Haiti hukumati xavfsizlik va tergov bo‘yicha yordam so‘radi. Biz AQSh qanday tarzda yordam berishi mumkinligini muhokama qilish uchun Haitining mansabdor shaxslari bilan doimiy aloqada bo‘lamiz»,— dedi o‘z navbatida AQSh davlat departamenti vakili.
CNN telekanalining ma'lumot berishicha, Haiti AQShdan 500 nafarga yaqin harbiy kiritishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 7 iyulga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Haiti prezidenti Jovenel Moizning qattiq qo‘riqlanuvchi qarorgohiga bostirib kirib, davlat rahbarini otib tashlashdi va rafiqasini og‘ir jarohatlashdi.
Haiti hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, hujum yaxshi qurollangan va tashkillashtirilgan guruh tomonidan amalga oshirilgan, guruh kolumbiyalik 26 nafar iste'fodagi harbiylar va kelib chiqishiga ko‘ra Haitiga mansub bo‘lgan ikki amerikalikdan iborat bo‘lgan. Ulardan 17 nafari, jumladan ikki amerikalik qo‘lga olingan, uch kishi xavfsizlik xizmati xodimlari bilan otishmada o‘ldirilgan, yana 8 kishi qidirilmoqda.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20 / 15.07.2026