13:40 / 11.07.2021
2051

Samarqand viloyatida doimiy aholi soni to‘rt millionga yaqinlashgani ma'lum qilindi

2021 yil 1 iyul holatiga ko‘ra Samarqand viloyatida doimiy aholi soni 4 millionga yaqinlashgan. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 1 iyul holatiga kelib Samarqand viloyatida doimiy aholi soni 3 million 982 ming 400 kishini tashkil etmoqda. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 3 million 909 ming 300 kishini tashkil qilgan. O‘tgan yil 1 iyuldan, joriy yil 1 iyulgacha viloyat aholisining soni qariyb 73 ming kishiga ko‘paygan.

Qayd etilishicha, ayni damda 3 million 982 ming 400 kishidan 1 million 469 ming 800 nafarini shahar aholisi, 2 million 512 ming 600 nafarini qishloq aholisi tashkil etmoqda.

Ta'kidlanishicha, 2021 yil yanvar-iyun oylarida viloyatda tirik tug‘ilgan chaqaloqlar soni 47,4 ming nafarni tashkil etgan. Joriy yil olti oy davomida viloyat bo‘ylab FHDYo bo‘limlarida 13,3 mingta nikoh qayd etilgan. 2 mingta ajralishlar ro‘yxatga olingan.

Mavzuga oid
Top