Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov ShHT davlatlari TIV rahbarlari kengashining Dushanbedagi yig‘ilishida qatnashdi

«13-14 iyul kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekiston tashqi siyosiy idoralari rahbarlari ShHT bosh kotibi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori ishtirokida tashkilotning bo‘lajak yubiley sammitiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilishdi.
Vazirlar ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi kun tartibi loyihasini va majlisida imzolash uchun taklif qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqishdi», deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.
So‘nggi 20 yil ichida ShHT nufuzli xalqaro tuzilishga aylanib, zamonaviy davlatlararo aloqalar tizimini mustahkamlashda munosib ishtirok etayotgani alohida ta'kidlangan.
Tashkilot faoliyatini, shu jumladan, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini yanada kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha fikr almashilgan.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xarakterdagi dolzarb masalalar muhokama qilingan.
Delegatsiyalar rahbarlarini Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ham qabul qildi.
Uchrashuvda joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHTning Dushanbe sammiti yakunlari bo‘yicha tashkilotga raislik O‘zbekiston tomoniga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ShHTga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi nomidan nutq so‘zladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Tojikistonning tashkilotga raislik qilgan davridagi samarali ishlarini yuqori baholadi.
Komilov o‘z nutqida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb jihatlarini, ShHTga a'zo davlatlarning ko‘p tomonlama hamda ikki tomonlama shakldagi hamkorlik va sheriklik jarayonida erishilgan ulkan ijobiy yutuqlarni qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

17:52 / 14.07.2025
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:47 / 31.05.2025