Jahon | 22:32 / 14.07.2021
23890
1 daqiqa o‘qiladi

JSST dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini boshlanganini ma'lum qildi

JSST bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning «delta» varianti kasallik yuqishi ko‘rsatkichlari o‘sishining asosiy omili hisoblanadi. 

Foto: Zuma/TASS

Dunyo koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini boshlanishida turibdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus ma'lum qildi.

«Hozirda uchinchi to‘lqinning ilk bosqichidamiz», — dedi u.

Gebreyyesus 10 haftalik pasayishdan so‘ng o‘lim holatlari o‘sganiga e'tibor qaratdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning «delta» varianti kasallik yuqishi ko‘rsatkichlari o‘sishining asosiy omili hisoblanadi. 

JSST bosh direktori hindcha shtamm dunyoning 111 mamlakatida qayd etilganini ta'kidladi.

Koronavirusning hindcha mutatsiyasi yoki «delta» shtammi mart oyida Maharashtra shtatida aniqlangandi.

Mavzuga oid