22:17 / 17.07.2021
6228

Tokioda koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha yanvardagi rekord yangilandi

Xabar qilinishicha, Yaponiya poytaxtida ketma-ket to‘rt kundan buyon sutkasiga mingdan ortiq holat aniqlanmoqda.

Tokioda sutka davomida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 1410ta yangi holat aniqlandi. Yaponiya poytaxtida oxirgi marta bir sutkada 1400dan ortiq holat yanvarda qayd etilgandi, deb xabar bermoqda NHK telekanali.

Telekanal xabariga ko‘ra, shaharda ketma-ket to‘rt kundan buyon sutkasiga mingdan ortiq holat aniqlanmoqda.

Pandemiya boshlanganidan buyon Tokioda koronavirus yuqtirganlar soni 188,1 mingdan oshdi.

Poytaxtda 12 iyuldan 22 avgustgacha favqulodda vaziyat rejimi joriy etilgan. 

Olti kundan so‘ng Tokioda Olimpiada o‘yinlari boshlanadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top