Jamiyat | 16:00 / 15.07.2021
12838
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Agrobank»ning fermerlar maktabi loyihasi: yosh fermerlarga zamonaviy bilim berish maskaniga aylanmoqda

«Agrobank» tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligida zamonaviy bilimlarni tatbiq etish maqsadida sohadagi fermerlar, tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari va aholining turli qatlamlari uchun «Fermerlar maktabi» loyihasi ishlab chiqildi.

Fermerlar maktabi 5 ta hududda: Toshkent davlat Agrar universiteti hamda uning Nukus, Samarqand va Termiz filiallari, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti o‘quv korpuslarida tashkil etilib, tinglovchilar mintaqalar bo‘yicha jalb etildi.

Jurnalist va blogerlar uchun uyushtirilgan press turda ToshDAUning Samarqand filialidagi fermerlar maktabi faoliyati yaqindan tanishtirildi.

«Fermerlar maktabi» tashkil qilinishidan asosiy maqsad — yiliga mingga yaqin tinglovchiga qishloq xo‘jaligi va biznesni yuritish bo‘yicha eng so‘nggi bilimlar berish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish va malakali yosh fermerlarni tayyorlash.

«Agrobank» boshqaruv raisi o‘rinbosari Erkin Qahhorovning hikoya qilib berishicha, ushbu loyihani amalga oshirishda Turkiyaning «Ziraat bank»i, «Yosh fermerlar akademiyasi» hamda Rossiyaning «Rosselxozbank»i, «Shkola fermera» amaliyotlaridan foydalanilmoqda.

Maktablarga mintaqalarda dastlabki bosqichda 1745 nafar yoshlar ariza topshirishgan. Ilmiy xodimlardan iborat komissiya tomonidan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra, 18-35 yoshdagi 150 nafar tinglovchi o‘quv kursiga qabul qilinib, joriy yilning 1 iyunidan o‘qish boshlandi.

Maktabda o‘qish muddati 2 oy davom etadi: 5 hafta nazariy ta'lim, 2 hafta amaliyot o‘tiladi. Yana bir hafta biznes reja tayyorlash va uni himoya qilishni nazarda tutadi. Amaliy darslar tajriba uchastkalari va yirik qishloq xo‘jaligi korxonalarida o‘tiladi.

Darvoqe, ayni paytda maktabning ikkinchi bosqichi uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Hujjatlarni qabul qilish 15 iyul kuni tugaydi. Yana 150 ta talaba qabul qilinib, xuddi shu tartibda o‘qitiladi.

O‘qishga qabul qilish jarayoni www.fermermaktab.uz sayti va telegramdagi @fermerlar_maktabi_bot boti orqali amalga oshiriladi.

Bitiruvchilar o‘qish davomida olgan bilimlari asosida o‘z biznes rejalarini ishlab chiqadi va o‘quv kursi yakunida bitiruvchilarga maxsus sertifikatlar beriladi. Ushbu sertifikatlar asosida bitiruvchilarga imtiyozli mablag‘lar ajratiladi.

Fermerlar maktabini tashkil qilish hamda o‘qitish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Agrobank tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shoshiling! Bugun «Fermerlar maktabi»ga ariza topshirishning oxirgi kuni. Ulgurib qoling!

Batafsil ma'lumot uchun: +998955008010, +998955008001, 1216

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid