Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda bemordan 5 ming so‘m so‘ragani uchun ishdan haydalgan shifokor qayta ishga tiklandi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida bemordan kasallik tarixi ochish uchun 5 ming so‘m so‘ragani uchun ishdan haydalgan shifokor ishga qayta tiklangan.Bu haqda «Adolat» SDP Chiroqchi tumani kengashi raisi S.Axmedov xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 24 iyun kuni Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan. Shifoxona kunduzgi muolaja feldsheri G‘.A. fuqarodan kasallik tarixi daftarini ochish uchun 5 ming so‘m so‘ragan. Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandan so‘ng, tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi rahbarining 2021 yil 1 iyuldagi buyrug‘i bilan muolaja feldsheri G‘. A. ishdan bo‘shatilgan va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham bekor qilingan.
Qayd etilishicha, «Adolat» SDP viloyat va tuman Kengashi deputatlari, faollar bilan bo‘lib o‘tgan noxush holat atroflicha o‘rganilgan. Tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari feldsher G‘.A. namunali xodim bo‘lganini ta'kidlashgan. Shundan so‘ng, G‘.A.ni o‘z o‘rniga qayta tiklash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tushuntirish ishlari olib borilgan.
Ta'kidlanishicha, joriy yil 12 iyul kuni Chiroqchi tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori S.Boymirzayevning buyrug‘i bilan G‘.A. o‘z o‘rniga ishga tiklangan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026