Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida bemordan kasallik tarixi oçiş uçun 5 ming söm söragan tibbiyot xodimi işdan böşatilgan. Bu haqda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Çiroqçi tumani tibbiyot birlaşmasi yuqumli kasalliklar bölimida röyxatga oliş uçun 5000 söm talab qilişgani, bölimda sanitariya talablariga töliq rioya etilmayotgani böyiça videomurojaat e'lon qilingan. Mazkur videomurojaat viloyat SSB tomonidan örganib çiqilgan va tuman tibbiyot birlaşmasida ötkazilgan yiğilişda muhokama qilingan.
Muhokamada aytilişiça, 2021 yil 24 iyun kuni Çiroqçi tumani tibbiyot birlaşmasi yuqumli kasalliklar şifoxonasi kunduzgi muolaja feldşeri Ğ.A. bemorga kasallik tarixi oçiş uçun 5000 söm pul söragani öz tasdiğini topgan. Şu sababli tuman yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokorining 2021 yil 1 iyuldagi buyruğiga köra Ğ. A. bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.
Qayd etilişiça, tuman tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimida sanitariya talablariga qat'iy rioya qilinişini ta'minlaş borasida tegişli çora-tadbirlar belgilangan.








