Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Tojikistonga qochib o‘tgan afg‘onistonlik qirg‘izlarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi
Tojikiston chegara xizmatining xabar berishicha, 13-14 iyul kunlari qirg‘iz millatiga mansub 347 nafar Afg‘oniston fuqarosi Tojikistonning Murg‘ob tumani Qizil Rabot qishlog‘idagi chegarani kesib o‘tgan.
Qirg‘iziston afg‘onistonlik qirg‘izlarni qabul qilishga tayyor hamda BMT va Tojikistonni hamkorlikka chaqiradi, deyiladi Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, Qirg‘iziston TIV vaqtincha Tojikistonda bo‘lib turgan afg‘onistonlik qirg‘izlar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissarining Markaziy Osiyodagi hududiy vakolatxonasiga murojaat qilgan.
Shuningdek, Qirg‘iziston TIV afg‘onistonlik qirg‘izlarni qirg‘iz-tojik chegarasidagi nazorat-o‘tkazuv punktlariga to‘sqinliklarsiz yetkazilishiga yordam berishni so‘rab Tojikiston TIVga nota yo‘llagan.
Tojikiston chegara xizmatining xabar berishicha, 13-14 iyul kunlari qirg‘iz millatiga mansub 347 nafar Afg‘oniston fuqarosi Tojikistonning Murg‘ob tumani Qizil Rabot qishlog‘idagi chegarani kesib o‘tgan.
Ular Badaxshon viloyati Vaxan uyezdidagi Andemin qishlog‘i fuqarolari hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026