Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘oniston hukumatiga tinchlik sulhi taklif qilgani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi
Avvalroq hukumat delegatsiyasi a'zosi Nodir Nodiriy toliblar hibsda saqlanayotgan jangarilarni ozod qilish evaziga uch oylik tinchlik sulhini taklif qilganini aytgandi.
"Tolibon" harakati Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi a'zosi Nodir Nodiriyning toliblar Kobulga tinchlik sulhini taklif qilgani aytilgan bayonotini rad etdi. Bu haqda Ariana News telekanali xabar berdi.
"Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", - deya "Tolibon" rasmiy vakili Zabihulla Mujohiddan iqtibos keltirdi telekanal.
Payshanba kuni Dohada toliblar bilan muzokaralarda qatnashayotgan Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi a'zosi Nodir Nodiriy toliblar 7 ming nafar mahbusni ozod qilish evaziga uch oylik tinchlik sulhini taklif qilganini aytgandi.
Nodir Nodiriy «Tolibon» taklifini jiddiy deb atagan, biroq o‘tgan safar 5 ming nafar mahbus ozod qilinganidan so‘ng «vaziyat yengillashish o‘rniga yanada keskinlashgani»ni eslatib o‘tgandi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026