Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu-Dabida koronavirusga qarshi choralar kuchaytiriladi
BAAning Abu-Dabi amirligida koronavirus tarqalishiga qarshi yangi choralar joriy qilinishi e'lon qilindi. Ular 19 iyul, dushanbadan amal qila boshlaydi.
Abu-Dabiga kirish uchun amirlikka kelishdan oldin 48 soatdan oshmagan vaqt ichida topshirilgan manfiy test yoki bir sutka ichida olingan ekspress manfiy PsR-test taqdim qilinishi kerak. Avval 72 soat ichida topshirilgan manfiy test qabul qilingan. Bu qoida ham xorijliklarga, ham amirlik rezidentlariga taalluqli bo‘ladi.
Amirlikda uzoqroq muddatga qoladiganlar koronavirusga qayta tekshiruvdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Shuningdek, 19 iyuldan Abu-Dabi hududida soat 00:00dan soat 05:00gacha komendantlik soati amal qiladi. Bu vaqt davomida ko‘chalarni dezinfeksiya qilish uchun transport harakati to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, savdo markazlari, kinoteatrlar, plyajlar va umumiy ovqatlanish shoxobchalariga tashrif buyuruvchilar soni cheklanadi.
Mavzuga oid
00:35 / 18.05.2026
Abu-Dabidagi AES yaqinida dron hujumidan so‘ng yong‘in kelib chiqdi
11:34 / 04.04.2026
Abu-Dabida portlash: strategik gaz obekti nishonga olindi
13:07 / 03.03.2026
Zelenskiy: Rossiya va AQSh bilan uchrashuv boshqa joyga ko‘chirilishi mumkin
23:52 / 28.02.2026