Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada toshqinlardan keyin mingdan ko‘proq odam bedarak yo‘qoldi
Germaniya g‘arbidagi Arvayler tumanida toshqinlardan keyin 1,3 mingga yaqin odam bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Vaqtinchalik joylashtirish punktlarida 3,5 mingdan ko‘proq odam qolmoqda, deb xabar berdi Deutsche Welle nashri.
Ta'kidlanishicha, falokat hududida mobil aloqa ishlamayapti, shu sababli hokimiyat bedarak yo‘qolganlar shunchaki qayerda ekanliklari haqida xabar bera olmayotganlariga umid qilmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniya g‘arbidagi kuchli yomg‘irlar va toshqinlar oqibatida kamida 58 kishi halok bo‘lgan.
Ayfel tumanida mahalliy hokimiyat Rur daryosidagi to‘g‘ondan suv tosha boshlagani sababli yangi toshqinlar yuz berishidan xavotirlanmoqda. To‘g‘on atrofidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilingan, biroq endi daryo bo‘ylab joylashgan shaaharlarga ham ogohlantirish berilgan.

Eon energokompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, G‘arbiy Germaniyada toshqinlar sababli 165 mingga yaqin odam elektr ta'minotisiz qolmoqda.
Ob-havo mutaxassislari yomg‘irlar yaqin kunlarda ham davom etishini aytishmoqda.

Germaniya kansleri Angela Merkel va AQSh prezidenti Jo Bayden Vashingtondagi matbuot anjumanida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirgan. Merkel hamdardlik so‘zlari nafaqat Germaniya aholisiga, balki toshqinlardan zarar ko‘rgan boshqa qo‘shni davlatlar – Belgiya, Lyuksemburg va Niderlandiya aholisiga ham yo‘llanishini aytgan.

Kansler falokatning haqiqiy ko‘lamlari yaqin kunlarda ayon bo‘lishini aytgan. U moliya vaziri Olaf Sholtz bilan jabrlanganlarga yordam berish masalasini muhokama qilganini qo‘shimcha qilgan.


Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026