Toşkent şahrida davom etayotgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada prezident Şavkat Mirziyoyev bir qança takliflarni ilgari surdi.
Xususan:
— Markaziy va Janubiy Osiyoda zamonaviy, samarador va xavfsiz transport-logistika infratuzilmasini yaratiş. Bunda «Termiz – Mozori Şarif – Kobul – Peşovar» temir yöl tarmoği mintaqalarimiz örtasidagi özaro boğliqlik arxitekturasining asosiy böğiniga aylanişi kerak;
— Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlantiriş maqsadida istiqbolli raqamli platformalarni joriy etiş. Buning uçun savdo, tranzit, çegaralardan ötiş borasida raqamli hamkorlikni kuçaytiriş böyiça aniq çoralarni işlab çiqiş va bu jarayonga BMTning ixtisoslaşgan tuzilmalari ekspertlarini jalb etiş;
— Mintaqalar hududida hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş böyiça Dastur işlab çiqiş uçun BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) şafeligida qişloq xöjaligi vazirlarining uçraşuvini ötkaziş;
— Xavfsizlik va barqarorlikka tahdid va xavf- xatarlarga qarşi kuraşişda kuçlarni birlaştiriş. Dastlabki qadam sifatida BMTning Giyohvandlik va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi iştirokida Giyohvandlikka qarşi qöşma harakatlar rejasini işlab çiqiş taklif etildi;
— «Yaşil» iqtisodiyotni rivojlantirişni rağbatlantiriş va ekologiya masalalariga alohida e'tiborni qaratiş;
— Markaziy va Janubiy Osiyoning ulkan sayyohlik salohiyatini töliq işga soliş. Bunda yangi va qulay sayyohlik mahsulotlari va yönalişlarini, «ziyorat turizmi»ni rivojlantiriş, vaksinatsiya böyiça özaro tan olingan sertifikatlar asosida «Yangi şaroitdagi turizm» konsepsiyasini joriy etiş;
— Butunjahon sayyohlik taşkiloti doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo böyiça xalqlarimizning tarixiy va madaniy merosini ommalaştirişga qaratilgan Dastur işlab çiqiş;
Şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyev:
— Ilmiy va madaniy-gumanitar almaşuvlarni kengaytiriş maqsadida Termiz şahrida YuNeSKO şafeligida «Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy merosi» mavzusida xalqaro forum ötkazişni taklif qildi;
— Yoşlar masalasida samarali hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida doimiy faoliyat yuritadigan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari yoşlari kengaşini tuziş;














