Prezident Şavkat Mirziyoyev Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari davlatlari örtasida köptomonlama Iqtisodiy hamkorlik bitimini tuziş masalasini qöşma ekspertlik tahlilidan ötkazişga doir taşabbusni ilgari surdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, prezident savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş va özaro sarmoyalarni köpaytiriş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş davlatlarning ustuvor vazifasi ekanligini ta'kidlagan.
Şuningdek, mahsulot va xizmatlar hamda investitsiyalarning erkin harakati uçun transport-kommunikatsiya va energetika infratuzilmalarini şakllantiriş uşbu masalalar yeçimiga amaliy hissa qöşişi qayd etilgan.
«Buning uçun ota-bobolarimiz majlis va qurultoylar, loyya jirğa, vasi muşavarat va sabxa kabi yiğinlarda töplanganlaridek, biz ham mamlakatlarimiz örtasida dolzarb masalalarni muhokama qiliş uçun investitsiyaviy hamkorlik va kooperatsiyani çuqurlaştiriş, iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş böyiça yillik mintaqalararo forum ötkazişni taklif etamiz.
Bunday muloqotlar doirasida işlab çiqilgan taklif va tavsiyalar yangi iş örinlarini yaratiş, iqtisodiyotlarimiz salohiyatini rivojlantiriş va ularning barqaror ösişini ta'minlaşga qaratilgan aniq dastur va loyihalarni uyğunlaştiriş imkoniyatini beradi», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.














