Britaniya sog‘liqni saqlash vazirida qariyalar uyiga tashrifidan keyin koronavirus aniqlandi
Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Javid koronavirus yuqtirib oldi. Javid virusga qarshi to‘liq emlangani sababli kasallikni yengil o‘tkazayotganini ma'lum qilgan.
“Bugun ertalab menda koronavirus aniqlandi. Men takroriy PsR-test natijalarini kutmoqdaman. Emlanganim sababli kasallikni yengil o‘tkazyapman. Iltimos, hali vaksina olmagan bo‘lsangiz, uni olish uchun murojaat qiling”, deb yozgan Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Twitter’da.
Javidda koronavirus alomatlari u London janubidagi qariyalar uyida bo‘lgandan 3 kun o‘tib aniqlangan. Britaniya OAVning ta'kidlashicha, Javid, shuningdek, 16 iyulda bosh vazir Boris Jonson bilan uchrashgan.
Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri 17 mart kuni AstraZeneca vaksinasining birinchi dozasi, 16 may kuni esa ikkinchi dozasi bilan emlangan. Vaksina virusning oldini olishda 100 foiz samarador bo‘lmasa-da, to‘liq emlangan kishilar koronavirus yuqtirib olganda katta ehtimollik bilan jiddiy alomatlar his qilmaydilar.
Mavzuga oid
15:34 / 18.12.2024
Britaniyaning nufuzli universitetlaridan biri O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtiryapti
11:35 / 09.12.2024
Britaniya Yangi Toshkentda barpo etiladigan obektlarni loyihalashda ishtirok etmoqchi
12:00 / 02.12.2024
Britaniya O‘zbekiston metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
11:14 / 02.12.2024