Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Xitoyni Yevropaga kiberhujumlar uyushtirishda aybladi
Tashqi ishlar vaziri Dominik Raab Xitoy hukumatini «tizimli kibersabotajga chek qo‘yish»ga chaqirdi. Uning ta'kidlashicha, aks holda Xitoy hukumati javobgarlikka tortiladi.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi Xitoy davlat xavfsizlik vazirligi 2021 yil boshida qator Yevropa mamlakatlariga hujum qilgan hakerlik guruhlari bilan aloqadorligini bildirdi.
«Xitoy davlat arboblari Microsoft Exchange serverlari orqali dunyo bo‘yicha kompyuter tarmoqlariga kirilgani uchun javobgardir. Buyuk Britaniya APT40 va APT31 hakerlik guruhlari faoliyati ortida Xitoy davlat xavfsizlik vazirligi turibdi deb hisoblaydi», — deyiladi Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, Xitoydan amalga oshirilayotgan kibertahdidlar davom etmoqda.
Tashqi ishlar vaziri Dominik Raab Xitoy hukumatini «tizimli kibersabotajga chek qo‘yish»ga chaqirdi. Uning ta'kidlashicha, aks holda Xitoy hukumati javobgarlikka tortiladi.
Microsoft Exchange serverlariga hujumlar fevral oxiri va mart boshlarida qayd etilgandi.
Bloomberg agentligining xabar berishicha, o‘shanda dunyo bo‘yicha kamida 60 mingta tashkilot sayti hujumga uchragan.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026