Past Darg‘omda tibbiyot xodimlariga tajovuz qilgan shaxsga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi
Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida bemorning otasi poliklinikada va o‘z uyida «Tez yordam» xodimlarini kaltakladi. Zo‘ravonga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi va hozirda mazkur holat yuzasidan tuman huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

«Joriy yilning 15 iyul kuni soat taxminan 22:30da Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani «Zarbdor» oilaviy shifokorlik punktida joylashgan tez tibbiy yordam bo‘limiga tumanning Qo‘shquduq mahallasida yashovchi fuqaro X.M. mast holda kelgan va 22 yoshli o‘g‘li M.J. betobligini aytib, shu kuni o‘z navbatchiligini o‘tayotgan shifokor T.F. va feldsher N.I.dan tezda uning yashash manziliga borishni talab qilgan.
Biroq bemor manziliga otlangan tibbiyot xodimlari birinchi yordam qutisini olishga ulgurmasdan telefon orqali boshqa bir manzildan chaqiruv bo‘ladi.
Navbatchi feldsher N.I. telefon orqali chaqiruvni rasmiylashtirish vaqtida fuqaro X.M. betoqatlik bilan feldsher N.I.ni haqoratlab, unga qo‘l ko‘taradi. So‘ng kaltaklangan feldsherni ish joyida qoldirib, shifokor T.F.ni mashinasiga o‘tirishga majburlaydi.
Yashash manziliga borgach, xumoridan chiqmagan fuqaro arzimagan bahonalar bilan shifokorni ham haqorat qila boshlaydi. Bunga ham qanoat qilmagan mushtumzo‘r tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori T.F.ni xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda ayovsiz kaltaklaydi.
Shundan so‘ng shifokor zudlik bilan Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limiga olib kelingan.
Tibbiy tekshiruv davomida 1988 yilda tug‘ilgan T.F.ga bosh miya jarohati, jumladan, bosh miya chayqalishi, pastki lab ichki yuzasida urib yirtilishi hamda ko‘krak qafasi yumshoq to‘qmalarning lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan. Ayni paytda unga shifokorlar tomonidan statsionar sharoitda zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Shuningdek, 1978 yilda tug‘ilgan navbatchi feldsher N.I.ga burun suyagining yopiq sinishi kabi jarohatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Tibbiyot xodimlariga tajovuz qilgan fuqaro X.M.ga nisbatan esa qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi va hozirda mazkur holat yuzasidan tuman huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, joriy yil 1 mart kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali tez tibbiy yordam shifokori X.M.ga xizmat vaqtida fuqaro D.O. tomonidan qilingan tajovuz uchun 2021 yil 16 martdagi sud hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasining tegishli qismi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan va hozirda fuqaro D.O. jazo muddatini o‘tamoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bayram bayramday bo‘ldi. O‘zbekistonning tarixiy o‘yinidan Kun.uz fotoreportaji
Sport | 00:13
-
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi
Sport | 23:49 / 10.06.2025
-
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj
Jamiyat | 23:40 / 10.06.2025
-
10 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:33 / 10.06.2025
Mavzuga oid

14:11 / 18.08.2024
Samarqandda pul evaziga qarzdorlikni yopib bermoqchi bo‘lgan tuman gaz idorasi xodimi ushlandi

12:22 / 26.06.2024
Past Darg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:20 / 05.12.2022
Past Darg‘omda keksa nogiron ayolni nomusiga tegib, o‘limiga sabab bo‘lgan “manyak”ka hukm o‘qildi

23:03 / 14.11.2022