Jinoyat işlari böyiça Past Darğom tuman sudida mazkur jinoyatni sodir etgan şaxsga nisbatan hukm öqildi.

Ma’lum bölişiça, D.K. 2022 yilning 9 mart kuni Böston mahallasida yaşovçi Z.N.ning yaşaş uyiga kirib, unga nisbatan zörlik işlatadi. Ayolni qörqitib, urib, huşsiz holatga keltiradi va nomusiga tegmoqçi böladi. Öşa vaqtda ayolning qizi uyga kelib qoladi va D.K. qoçib yaşirinadi.

Jabrlanuvçi öşa voqeaga qadar uç marta insultni boşidan ötkazgan va şu bois yaşaş uyidan çiqmasdan davolanib kelgan. Mustaqil harakatlana olmagan, yaqinlarining kömagiga doim ehtiyoj sezgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, ayolning yuz va tana a’zolarida turli darajada lat yeyişlar, jarohatlar bölgan. D.K. yetkazgan jarohatlar yengil tan jarohatlar guruhiga kirişi ma’lum qilingan. Biroq ayoldagi eski kasalliklar ölimga sabab bölgan.

Sudda D.K. öz aybiga qisman iqror bölgan. U Jinoyat kodeksining 25, 118-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan va beş yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Eslatib ötamiz, D.K. jinoyatni sodir etgaç, dastlab IIB idorasiga olib kelinadi va negadir qöyib yuboriladi. Şundan söng voqea joyidan yaşirinib, bir neça oy davomida heç kimga tutqiç bermaydi. Avgust oyiga kelib marhumaning qizi içki işlar idoralarining xatti-harakatidan norozi bölib, Kun.uz’ga murojaat qildi. Şu asosda saytimizda maqola e’lon qilindi.

Kun.uz suriştiruvidan söng viloyat IIB qoçoqni qölga oliş uçun barça zarur çoralarni körib, Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi yaşiringan joyida qölga olgandi.