Samarqand viloyati Past Darğom tumanida pul evaziga qazdorlikni yopib bermoqçi bölgan tuman gaz idorasi xodimi uşlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 6 avgust kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati, Jinoyat qidiruv boşqarmasi tomonidan Past Darğom tumanida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda tuman gaz idorasi xodimi tumanning Kamolot mahallasida yaşovçi fuqarodan tabiiy gaz tarmoğidan uzilgan xonadonning 14 mln sömlik qarzini pul evaziga yöqotib, gaz tarmoğiga qayta ulab berişni va’da qilib 7 mln söm olayotganda qölga olingan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.












