Jahon | 10:53 / 19.07.2021
3403
1 daqiqa o‘qiladi

Toyota Olimpiada vaqtida telereklamadan voz kechdi

Tokio Olimpiadasining bosh homiysi Toyota Motor kompaniyasi Olimpiada mavzusidagi telereklamani namoyish qilmaydi. Bu haqda kompaniya rahbarlaridan biriga tayanib Yomiuri Shinbun nashri ma'lum qildi.

Foto: Getty Images

“Olimpiada jamiyatda u haqida umumiy fikr bo‘lmagan hodisaga aylandi”, deb aytgan kompaniya vakili. Nashrning ta'kidlashicha, kompaniya bosh direktori Akio Toyoda Olimpiada ochilishi marosimida ishtirok etmaydi.

Kompaniyaning bunday qarorga kelishiga Yaponiya aholisi o‘rtasida Olimpiadani o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik borasida yakdillik yo‘qligi sabab bo‘lgan. Yaponlarning uchdan ikki qismi Yaponiya pandemiya ortida Olimpiadani xavfsiz o‘tkaza olishiga ishonmayapti.  

Olimpiada 23 iyuldan 8 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suganing reytingi koronavirus avj olishi va Olimpiada o‘tkazilishi ortida 2020 yil sentyabrdan beri eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid