Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agar AQSh qo‘llab-quvvatlasa, Turkiya Kobul aeroporti boshqaruvini olishga tayyor – Erdo‘g‘an
May oyi oxirlarida AQSh va Turkiya prezidentlari NATOning Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganidan so‘ng turk harbiylari Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlashi bo‘yicha kelishuvga erishgandi.
Foto: AP
Agar AQSh qo‘llab-quvvatlasa, Turkiya Kobul aeroporti boshqaruvini olishga tayyor, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
«Afg‘oniston va mintaqada yangi davr boshlanmoqda, Turkiya AQSh va NATO bilan yonma-yon turibdi. AQSh hozirda Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishga qaror qilgan va ular Kobul aeroporti ishlashda davom etishini istamoqda. Biz bunga ijobiy qaraymiz va albatta, AQShga diplomatik munosabatlar va logistika masalalarida bir nechta shartlarimiz bor. Agarda bizni zarur darajada qo‘llab-quvvatlashsa, Kobul aeroporti boshqaruvini olishni o‘ylab ko‘ramiz», dedi u tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk respublikasiga tashrifi chog‘ida.
Erdo‘g‘an shuningdek, «Tolibon» harakati bilan Afg‘onistondagi holatni muhokama qilmoqchi ekanini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirlarida AQSh va Turkiya prezidentlari Jo Bayden va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an NATOning Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganidan so‘ng turk harbiylari Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlashi bo‘yicha kelishuvga erishgandi.
Iyun oyi o‘rtalarida Erdo‘g‘an Turkiya AQShning moliyaviy ko‘magida Afg‘onistondagi harbiy kontingentini saqlab qolishga tayyorligini bildirdi.
Shundan so‘ng, «Tolibon» harakati Turkiya harbiylarining Afg‘onistonda bo‘lishiga keskin qarshi chiqishini bildirib, bayonot berdi.
Mavzuga oid
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
21:59 / 28.02.2026
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot o‘tkazdi
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
07:58 / 27.02.2026