23:41 / 20.07.2021
12446

Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi ma'lum qilindi

Avstraliyaning yo‘lovchi aviatashuvlari xavfsizligi va sifatini baholashga ixtisoslashgan AirlineRatings.com agentligi dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari har yilgi reytingini taqdim qildi.

Aviakompaniyalar bir qator ko‘rsatkichlar, jumladan yo‘lovchilarning aviakompaniya haqidagi fikri, aviakompaniya taklif qiluvchi xizmatlar turfaligi, havo parki yoshi, pandemiya vaqtida ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha baholangan.

AirlineRatings.com mutaxassislari joriy yilda Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasini eng yaxshi aviakompaniya deb topishgan. U reytingning ko‘p yillik yetakchisi Air New Zealand’ni 2-o‘ringa tushirib yuborgan.

Qatar aviakompaniyasining yo‘lovchilar uchun yangi mahsulotlar kiritgani, parvoz vaqtida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishi, innovatsionligi hamda pandemiya vaqtida ham parvozlarni to‘xtatmaslikka harakat qilgani yuqori baholangan.

Yetakchi o‘ntalikdan Airlines, Qantas, Emirates, Cathay Pacific, Virgin Atlantic, United Airlines, EVA Air, British Airways ham o‘rin olgan.

Jumladan, Qantas aeroportlarda eng yaxshi dam olish xonalariga ega aviakompaniya, Singapore Airlines 1-sinfda eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniya, Virgin Australia esa eng yaxshi ekipajga ega aviakompaniya deb topilgan.

Shuningdek, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani hamda Shimoliy va Janubiy Amerikaning eng yaxshi budjet aviakompaniyalari ma'lum qilingan. Bunga mos ravishda EasyJet, Jetstar va Southwest sazovor bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top