O‘zbekistonda Nexia-3 va Spark avtomobillarini ishlab chiqarish kamaygani ma'lum bo‘ldi
O‘tgan 6 oyda Nexia-3 va Spark avtomobillari ishlab chiqarish hajmi qariyb 2,5 barobar kamaygan.
2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 108 780ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 675taga kamdir.
2020 yilning mos davriga qaraganda eng katta kamayish Nexia-3 (2,5 barobar) va Spark (2,4 barobar) avtomobillari ishlab chiqarishda bo‘ldi.
Qayd etilishicha, birinchi yarim yillikda:
- 31 788 dona «Cobalt» (2020 yilning shu davriga nisbatan 84,4 foiz);
- 13 943 dona «Nexia» (39,8 foiz);
- 21 962 dona «Gentra» (84,3 foiz);
- 28 772 dona «Damas» ( 107,8 foiz);
- 6 085 dona «Spark» (41,9 foiz);
- 6 230 dona «Labo» (179,1 foiz) avtomobillari ishlab chiqarilgan.
Shu bilan birga, o‘tgan 6 oy davomida jami 1 855 dona yuk avtomobillari va 495 dona avtobus ishlab chiqarildi.
Avvalroq, mamlakatda yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi 40 foizdan ko‘proqqa kamaygani xabar qilingandi. Bunga yanvar oyida Asakadagi zavodda ishlarning to‘xtatilishi va pandemiya davridagi yarimo‘tkazgichli mahsulotlar tanqisligi sabab bo‘lishi mumkinligi keltirilgan.
Xususan, 2021 yil yanvar-mart oylarida respublikada 44 ming 454 dona avtomobil ishlab chiqarilgan va bu o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 41,2 foizga kam hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:25 / 23.12.2024
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
15:01 / 17.12.2024
Andijonda fuqarolarning mashinalarini ijaraga olib, ularni yo‘q qilish bilan shug‘ullangan yirik uyushgan guruh ustidan sud boshlandi
21:48 / 23.11.2024