Jamiyat | 20:02 / 21.07.2021
23164
2 daqiqa o‘qiladi

Ozodalikda o‘rnak shahar – Navoiy

Navoiy shahrida bo‘lganlar ko‘pincha uning tozaligi, chiqindilardan xoli ekanini e'tirof etadi. Haqiqatan, shaharda chiqindilar deyarli uchramaydi, odamlar tozalikka alohida e'tibor beradi.

137 ming atrofida odam yashaydigan shahar sanoat markazi hisoblanadi. Bu yerda ko‘plab yirik zavodlar: Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "NavoiyAzot" va "Qizilqumsement" faoliyat yuritadi.

Ishlab chiqarish ko‘pligi hisobiga havosini unchalik toza deb aytib bo‘lmaydigan shaharda ko‘chalar va mahallalarning tozaligi diqqatga sazovor.

Odamlarning fikricha, bunga sabab – shahar ahlida chiqindi tashlash madaniyati shakllangan, qolaversa, obodonlashtirish xodimlari ishini sidqidildan bajaradi.

Darhaqiqat, Navoiyda chiqindi qutilari boshqa shaharlar bilan solishtirganda ko‘p emas, lekin ko‘chalar chiqindiga to‘lib ketmaydi. Ko‘pqavatli uylar atrofi, hatto bozorlar ham toza.

Bahor oylarida Toshkent shahrida bahorning yomg‘irli kunlarida chiqindilar sabab suv to‘planib markaziy ko‘chalarga ham suv toshgan edi.

Chiqindilar boshqa muammolarga ham sabab bo‘lishini hisobga olsak, Navoiy shahrining tozalik bo‘yicha tajribasini o‘rganish boshqa shaharlar uchun ham foydali bo‘lar.

Zilola G‘aybullayeva
Tasvirchi va montaj ustasi – Nuriddin Nursaidov

Mavzuga oid