Jahon | 19:52 / 21.07.2021
14189
2 daqiqa o‘qiladi

Toliblar Turkiyadan Afg‘onistonga harbiylar o‘rniga muhandis va shifokorlarni jo‘natishni so‘radi

Zabihulla Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, Kobul xalqaro aeroportini qo‘riqlash afg‘onlarning ishi, mamlakat hududida xorijiy harbiy kuchlar bo‘lishiga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 

Foto: Reuters

«Tolibon» Turkiya bilan do‘stona munosabat qurishni xohlaydi. Bu haqda harakat matbuot kotibi Zabihullo Mujohid TRT Arabic telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harakat Turkiyani birodar musulmon mamlakat sifatida ko‘radi va ikki tomonning umumiy manfaatlari bor deb hisoblaydi.

«Biz Turkiyadan mamlakatimizni tiklashga yordam berish uchun injyenerlar, shifokorlar, olimlar va savdogarlarni jalb etishini so‘raymiz», — dedi Mujohid.

Mujohid Afg‘onistonda Turkiya harbiylari bo‘lishini «nomaqbul» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kobul xalqaro aeroportini qo‘riqlash afg‘onlarning ishi, mamlakat hududida xorijiy harbiy kuchlar bo‘lishiga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya «Tolibon» harakati vakillari bilan Afg‘onistonda turk harbiylari qolishi bo‘yicha muzokara o‘tkazish niyatida ekanligini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid