Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada koronavirusdan o‘lim darajasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd qilinmoqda
Indoneziyada dunyoda koronavirusdan o‘lim darajasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd qilinmoqda. Joriy haftada mamlakatda koronavirusdan kuniga 1,4 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan. JSST shu munosabat bilan Indoneziya hukumatini qat'iy choralar kiritishga chaqirmoqda.
Joriy haftada Indoneziya pandemiya markazlaridan biriga aylandi. Mamlakatda oxirgi 5 hafta ichida koronavirusga chalinish holatlari 5 marotaba ko‘paygan.
Mamlakatning 34 provinsiyasidan 13tasida kasallanish darajasi keskin oshib ketgan. JSST ushbu muammoni hal qilish uchun Indoneziyani qat'iy choralar ko‘rishga chaqirdi.
Ayni vaqtda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 3 mlndan oshgan, vafot etganlar soni 79 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Oxirgi sutkada mamlakatda 49 mingdan ko‘proq yangi kasallanish holati va 1449ta o‘lim qayd qilingan.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026