Jahon | 23:34 / 22.07.2021
14005
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada kuchli suv toshqinlari sodir bo‘ldi

Arxavi daryosi toshishi oqibatida tuman markazi va qishloq yo‘llari suv ostida qoldi.

Foto: Anadolu Agency

Turkiyaning Riza va Artvin viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo‘ldi

"Bugun kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Artvin viloyatining Arxavi tumanida suv toshqinlari sodir bo‘ldi. Arxavi daryosi toshib, tuman markazi va qishloq yo‘llari suv ostida qoldi. Riza viloyatining Findikli tumanida ham shunday holat yuz berdi", - deyiladi mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

Xabarda aytilishicha, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Tabiiy ofat sodir bo‘lgan joyga mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu yetib kelgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid