Dastlabki voqealar
Garçi 2019 yilning sönggi kunlarida tarqalişni boşlagan bölsa-da, koronavirusning haqiqiy quloç yozişi 2020 yilning birinçi yarmiga töğri keladi. Aynan mana şu davrda insoniyat yangi tarixidagi ilk pandemiya qayd etildi – koronavirus zabt etmagan biror hudud qolmadi.
Özbekistonda bu kasallik rasman 2020 yilning 15 martida qayd qilindi. Dastlabki kunlari bemorlar barmoq bilan sanarli edi. Ularga juda katta e'tibor berildi, eng malakali şifokorlar nazorati ostida davolandilar, tuzalib çiqqanlarida vazir va butun jamoatçilik gullar bilan kuzatib qöydi.

Bemor qayd etilgan uylar yoniga qöriqçilar qöyildi, u işlagan butun jamoa karantinga olindi. Çetdan kiruvçilarning hammasi 14 kunlik nazorat ostida bölişdi. 2020 yilda sodir bölgan bu voqealar bugungi kun nuqtayi nazarida biroz ğalati tuyuladi hatto.
Tarqaliş tezligi
2020 yilning iyun-iyul oylari butun tizimni kollaps holiga tuşirgan, ölimlar soni juda köpayib ketgan bölsa-da, koronavirusning tarqaliş tezligi böyiça 2021 yilning iyul oyiga kelib oldingi rekordlar (yoki antirekordlar) yangilandi.
Ötgan yilgidan farqli ravişda, statistika yuritişda koronavirus qayd etilganlar hamda pnevmoniya aniqlanganlar jamlab körsatilişi natijasida 2021 yilning 22 iyulidagi umumiy körsatkiç 1200 kişidan ortib ketdi va köpayişda davom etmoqda.
Qarşi çoralar
Garçi bu yil kasallik tarqalişi ötgan yilgidan tezroq keçayotgan bölsa-da, karantin çoralarining qat'iyligi böyiça 2020 yil köproq esda qolgan. Yuqorida aytilganidek, koronavirus aniqlanmagan bölsa-da, ön minglab odamlar kamida 14 kunlik karantinga olindi. Buning uçun maxsus zonalar bunyod etildi, ulardan qoçganlar jiddiy javobgarlikka tortildi.

Ötgan yil davomida bir neça marta qat'iy lokdaun kiritildi. Avtomobillar harakatiga qöyilgan va bir oydan ortiq davom etgan çeklov natijasida köçalar huvillab qoldi. Poyezd, samolyot, jamoat transporti, hattoki işga tuşganidan beri biror marta töxtamagan metro töxtab qoldi. Butun bir şaharlar kimsasiz maskanlarga aylandi. Bu tabiiyki öz “meva”sini bermay qolmadi – iqtisod misli körilmagan zarar kördi.
















