Kongo Demokratik Respublikasida tarqalgan noma’lum kasallik oddiy mavsumiy kasalliklar, bezgakning oğir şakli va yetarliça töyib ovqatlanmaslik sabab kelib çiqqan. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining (JSST) hisobotida söz boradi.
Şu bilan birga, kasallik qözğatuvçilari AH1N1 gripp virusi va SARS-CoV-2 koronavirusi hisoblanadi.
27 dekabr kuni Kongo Demokratik Respublikasi biotibbiyot tadqiqotlar milliy instituti gap murakkab koinfeksiya — bitta hujayraning birdaniga bir neça virus bilan zararlanişi haqida ketayotganini ma’lum qildi. Afrika davlatida kuzda aniqlangan kasallik qözğatuvçilar AH1N1 grippi va SARS-CoV-2 koronavirusining viruslari hisoblanadi, ular bezgak qözğatuvçilari bilan birgalikda özaro ta’sir körsatgan.
Dekabr boşlarida JSST Kongoda 24 oktyabrdan beri 400 dan ortiq insonda noma’lum virus aniqlangani va ularning 30 dan ortiği vafot etgani töğrisida xabar bergandi. Kasallik tana haroratining kötarilişi, boş oğriği, tumov, yötal va tanadagi oğriqlar kabi belgilar bilan kuzatilgan. Kasallikka çalinganlarning asosiy qismini beş yoşgaça bölgan bolalar taşkil etgan.
Avvalroq Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti mamlakatga epidemiologlar, laborantlar, yuqumli kasalliklar profilaktikasi va nazorati böyiça ekspertlardan iborat mutaxassislarini yuborgan edi.












