AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) koronavirusning kelib çiqişi haqidagi hisobotini e’lon qildi, unga köra virus laboratoriyada paydo bölgan, deb xabar berdi AP.
MRB ma’lumotlariga köra, virus tabiiy ravişda paydo bölmagan, balki sun’iy ravişda yaratilgan, ammo bu haqda aniq dalillar yöq.
Yangi hisobot Xitoyda virus tarqalişi, ilmiy tadqiqotlar va Xitoy laboratoriya işlari haqidagi ma’lumotlar tahliliga asoslangan. Hisobotda ta’kidlanişiça, Xitoy hukumati bilan hamkorlik qilmasdan virusning kelib çiqişini töliq tuşuniş imkonsiz.
Hisobot AQŞ avvalgi ma’muriyati topşiriğiga asosan MRB sobiq direktori Uilyam Byorns tomonidan tayyorlangan va MRB yangi rahbari Jon Retkliff tomonidan e’lon qilindi. 25 yanvar kuni AQŞ Senati razvedka qömitasi raisi Tom Kotton natijalardan qoniqiş hosil qilib, Xitoyni virus tarqalişi uçun javobgarlikka tortiş zarurligini aytdi.
Xitoyning Vaşingtondagi elçixonasi vakillari koronavirus laboratoriyada paydo bölgani ehtimoli haqidagi da’volarni rad etib, ilm-fanni hurmat qilişga çaqirdi.
2019 yil dekabr oyida Xitoy hukumati Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga Uhan şahrida pnevmoniya avj olgani haqida xabar bergan edi. 2020 yil mart oyida JSST boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirusning dunyo böylab tez tarqalişi sababli pandemiya e’lon qildi. Oxirgi ma’lumotlarga köra, dunyo böylab koronavirusdan 7 milliondan ortiq odam vafot etgan.













