Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden AQSh qo‘shinlari Iroqdan olib chiqilishi haqida e'lon qiladi – OAV
Vashington va Bag‘dod Amerika harbiylari kontingentini qisqartirish bo‘yicha apreldayoq kelishib olgan, ammo o‘shanda qo‘shinlarni olib chiqib ketish grafigi tasdiqlanmagan.
AQSh prezidenti Jo Bayden va Iroq bosh vaziri Mustafo al Kozimiy mamlakatdan 2021 yil oxirigacha Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishi to‘g‘risida kelishib oldi, deb xabar berdi AP agentligi. Ma'lumot berilishicha, bu haqda 26 iyul kuni e'lon qilinadi.
Agentlikning yozishicha, Iroqdagi amerikalik harbiylar endilikda faqat o‘qitish va maslahat berish bilan shug‘ullanadi, jangovar harakatlarda qatnashmaydi.
Xabarda aytilishicha, Vashington va Bag‘dod Amerika harbiylari kontingentini qisqartirish bo‘yicha apreldayoq kelishib olgan, ammo o‘shanda qo‘shinlarni olib chiqib ketish grafigi tasdiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh 2011 yilda Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqib ketgan, ammo 2014 yilda IShID Mosulga hujum qilganidan so‘ng harbiylarini qaytargandi.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026