Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShdan sanksiyalarni darhol bekor qilishni talab qildi
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Uendi Sherman bilan Tyanszinda muzokaralar o‘tkazdi. U Vashingtondan barcha sanksiyalarni bekor qilishni talab qildi.
Foto: Reuters
“Biz AQShdan Xitoyga qarshi kiritilgan barcha bir tomonlama sanksiyalar va Xitoy mahsulotlariga yuqori qiymatdagi bojlarning darhol bekor qilinishini talab qilamiz. Umid qilamanki, AQSh Xitoyga nisbatan xolis pozitsiyani shakllantiradi va manmanlikni bas qiladi”, deb aytgan Xitoy vakili.
Van Ining ta'kidlashicha, AQSh o‘zidan “dono ustozni yasamasligi” va “oqilona siyosatga qaytishi” kerak. Uning aytishicha, modernizatsiya huquqi faqatgina AQShga tegishli emas.
AQSh davlat departamenti tomonlar uchrashuv vaqtida bir qator masalalar bo‘yicha “ochiqcha suhbatlashganini” ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, AQSh va Xitoy uchrashuvda “aloqa kanallarini ochiq qoldirish muhimligini” namoyish qilgan. AQSh vakili Vashington Pekin bilan ixtilofga borishni istamasligini va davlatlar o‘rtasidagi “qat'iy raqobatni” qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
O‘tgan hafta AQSh Xitoyni hakerlik hujumlarida ayblagan. Vashingtonning fikricha, Pekin jinoiy kiberguruhlar bilan hamkorlik qiladi va ularni o‘z maqsadlariga erishishda qo‘llaydi. NATO, Yevropa ittifoqi, Britaniya va boshqa bir qator g‘arb davlatlari Vashingtonning ushbu ayblovlarini qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
23:13 / 28.03.2026
AQSh desantlari Yaqin Sharqqa yetib keldi
23:04 / 28.03.2026
Trampning tahdidi va Eronning zarbasi. Urushdagi so‘nggi voqealar
09:22 / 28.03.2026
Rubio Zelenskiy bayonotini ochiqchasiga yolg‘on deb atadi
09:01 / 28.03.2026