«Oilada olti farzandmiz, men beşinçi qizman. Mendan keyin bir ukam bor. Barçasi öqimişli, ziyoli. Dadam 5-sinf bölgan vaqtimda olamdan ötgan. Onam bizni yolğiz katta qilgan. Onam hozir 68 yoşda. 5 qizini uzatdi, öğil uylantirdi. Balki dadamning erka qizi bölganim uçun hayot yölini tanlaşda adaşdim.
Töğri, hamma uçun öz otasi yagona böladi, ammo men uçun dadam beqiyos inson bölgan. Men tuğilgan vaqtimda dadam rais bölgan ekan, tört qizim bor-u, öğlim yöq, deb öksinmagan. Men tuğilganda afsuslanmagan, qizli bölganini aytişsa, «Közi kökmi? Böldi, yetadi», degan ekan. Köngli juda keng inson bölgan.
Onam otangga öxşaysan, baxtli bölasan, derdi. Haqiqatan 6 farzand içida bitta men öxşaganman dadamga, bundan juda xursandman. Şuning uçun onam asragan közga çöp kirar, degandi. Otam 1998 yil avtohalokatda vafot etgan. Dadam vafot etgaç, qaysar bölib qoldim, heç kimga quloq solmay qöydim, hamma narsa mumkin ekan, deb öylaganman».
«Çiqsam, birinçi onamdan keçirim sörayman»
Onam dadam vafot etganida 41 yoşda edi. Öşa paytda tönğiç opamnigina uzatgandik. Qolgan 5 farzandni oyoqqa turğiziş yolğiz onamning yelkasida qolib ketgandi. Onam öqituvçi edi, bizga yaxşiroq şaroitni yaratib beriş uçun kasbini taşladi. Onam doim mehnat odamni öldirmaydi, agar şunday bölganida biz tirik yurmasdik, işlagin, qölingda kasbing bor deydi. Bu gap töğriligini şu yerda anglab yetdim.

Onamni köp ranjitardim, qönğiroqlarini kötarmasdim. Şu gapni hammaning oldida aytişingiz şartmasdi, deb onamning könglini oğritardim. Birinçi marta jazoni ötab, uyga borganimda, onam ozib ketgandi. Bu yerga uçraşuvga kelolmaydi, çunki soğliği yomonlaşgandi. Onam özi uçun yaşamadi, 70 yoşga yaqinlaşyaptiki, özi uçun nimadir olişni istamaydi. Çiqsam, birinçi onamdan keçirim sörayman.
Qöqonda texnikumda kommunal soha böyiça öqiganman. 3-kursdanoq işlaşni boşladim, öşa paytdan tezroq pul topiş haqida öylardim. Çunki onam otamdan keyin köp qiynalgani uçun onamni rozi qilişga, köp pul berib, ta'minlab berişga harakat qilardim. Oliy ma'lumotli bölasan, deyişsa ham öqimay özimni butunlay işga bağişlab yuborardim. Onam biror öqişga topşirgin, desa ham könmay faqat işga berilib ketdim. Bu orada turmuş qurdim. Keyin Farğona şahriga köçib, uy oliş harakatiga tuşganmiz.










