«Buxorolikman, yoşim 38 da, oilaliman, 2 farzandim bor. Bosqinçilik jinoyati bilan 12 yilga qamaldim. 4 yil muddatimni ötadim. Qamalişimdan oldin tadbirkor bölganman. Quriliş materiallarini yetkazib beriş bilan şuğullanardim, oziq-ovqat dökonlari oçib, ularni yuritardim. Nima topsam, oilam, bolalarimga ilindim, ularni deb ter tökdim. Ammo bir kuni...».

«Mahkuma» loyihasini davom ettiramiz. Yettinçi qahramonimiz Gulruh Otamurodova ham oila dardida yugurib yurgan onalardan biri. U öz vaqtida yaxşigina tadbirkor bölgan. Topiş-tutişi şunçalik yaxşi bölganki, hatto bolalarini enagaga qaratgan. Qamoqda esa jinoyati bilan birga bolalari mehriga töyib olmaganiga afsuslanmoqda. Quyida uning hikoyasini birga tinglaymiz. Xohlang, matnda öqing, bardoşingiz yetsa, videoni tomoşa qiling.

«Öz kuçimga işonganman»

«Qamalgunimga qadar tadbirkorlik bilan şuğullanardim. Ayollarni iş bilan ta'minlaş maqsadim bölgan, erişganman ham. Tikuvçilik korxonasini oçganman. Tikuvçilikdan unçalik xabarim bölmagani uçun korxonani yurgizişga juda qiynalganman. Şuningdek, savdo, işlab çiqariş, quriliş işlari bilan şuğullanganman, ulgurji va çakana savdo bilan.

Oilam haqida gapiradigan bölsam, men har doim öz oilamdan, ota-onamdan faxrlanib yurganman. Inson öz oilasidan qançalik rozi bölib yaşasa, içki işonçi ham şunça ortib boradi. Şu muhitda ösganim uçun ham ayol bölişimga qaramay, erkaklar bajara oladigan yumuşlarni qilganman, zimmamga katta mas'uliyatni olganman. Korxonamni mustaqil yuritganman, qörquv bölmagan. Nima maqsadni közlasam, şunga erişişga harakat qilganman. Inson hayotda qayerdadir xato qilsa, buni taqdirga yöyamiz, ammo undaymas. Barçasiga insonning özi sababçi. Inson öz taqdirini özgartiriş özining qölida.

Jinoyat tufayli qamalişimdan oldin ayol boşim bilan juda köp oğirliklar yelkamga tuşdi, hammasini yengib ötganman. Bilmadim, qayerdadir kuçsizlanib qoldimmi, moliyaviy tomondan qiyinçiliklarim boşlandi. Xullas, şu qinğir yölga kirib qoldim. Bir hamşira ayol menga ukol qilib qöyardi. U qiynalib yurganimni bilgan va mömay daromadli takliflar bergan.

Turmuşga çiqqanimdan keyin özim mustaqil, yakka tartibda tadbirkorlik (YaTT) faoliyatini olib bordim. Oradan 2 yil ötib, YaTTdan aylanma mablağlar köpaygaç, keyin ulgurji maqomdagi korxonaga aylantirdim. Boşqaruv işlarida, albatta, turmuş örtoğimga işonganman. U bilan birgalikda iş olib borganmiz. «Qizilqumsement» AJ bilan hamkorlikda işlab, u yerdan quriliş materiallarini olib, joylarga yetkazib beriş bilan şuğullanganmiz. Işlarimiz biz öylagandan ham yurişib ketganidan keyin 2014 yilda «Qizilqumsement» AJga rasmiy diler bölib, şartnoma tuzdik».