Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyatida joriy yilda tashkiliy ravishda xorijga ketganlar soni 170 nafarni tashkil etadi
2021 yilda tashkiliy ravishda xorijga ketganlar soni 170 nafarni tashkil etadi. Shundan, BAAga - 10 nafar, Rossiyaga - 67 nafar, Qozog‘istonga - 8 nafar, Koreyaga - 9 nafar va boshka davlatlarga - ishlash uchun yuborilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Sirdaryo viloyat filiali boshlig‘i Sirojiddin Israilov Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Shuningdek, manzilli ravishda ketganlar ya'ni, o‘zi topgan ishiga filial qoshidagi maxsus kassadan chipta olib berilgan, subsidiya asosida sug‘urtalangan va bepul sim karta taqdim etilganlar soni - 457 nafarni tashkil etadi.
2021 yil 23 iyul kuni Rossiyaning qurilish korxonalariga ishga yuborish uchun tanlov bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan, tibbiy ko‘rik natijalari ijobiy chiqqan 31 nafar fuqaro 26 iyul kuni Rossiyaning Kaluga viloyati Obninsk shahriga qurilish obektlarida ishlash uchun jo‘nab ketdi.
Ushbu fuqarolarni karantin manziliga joylashtirish, ro‘yxatga olish, ishlash huquqini beruvchi patent, 3 mahal ovqat, yotoqxona, maxsus kiyim xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Mavzuga oid
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
09:01 / 13.05.2026
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
13:52 / 01.05.2026