Jamiyat | 13:52
7420
3 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotinini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Holat 29 aprel kuni Shirin shaharchasida sodir bo‘lgan: ayol va ikki qizini kundoshi rashk tufayli pichoqlagan. Oqibatda ona va 5 yoshli qizi vafot etgan. 3 yoshli qizaloq esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda qolmoqda.

Sirdaryo viloyati Shirin shaharchasida qotillik sodir etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat 29 aprel kuni kechga yaqin sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan M.S. o‘z xonadonida uy yumushlari bilan band bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘ining sha’riy nikohdagi ayoli 29 yoshli N.X. uyga bostirib kelib, u va ikki qizini pichoqlagan. So‘ngra voqea joyidan yashiringan. Qizaloqlarning kattasi 5, kichigi 3 yoshda bo‘lgan.

Oqibatda ayol va 5 yoshli qizi Sh.S. voqea joyida vafot etgan. 3 yoshli qizi I.S. esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda u jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Kun.uz marhumaning yaqinlari bilan bog‘landi. Ularning aytishicha, ayol Toshkent viloyatining Bekobod shahridan Sirdaryoga kelin bo‘lgan.

U ayol bir necha bor kuyovimga borib xotiningni o‘ldiraman deb aytgan ekan. Kuyovim qo‘lingdan kelmaydi, degan. Mana, nima bo‘ldi, qizim va nevaramdan ayrildim. Qizimning 4 farzandi bor edi. 8 yoshli o‘g‘li va 20 kunlik chaqalog‘i qoldi.

Shifoxonadagi nevaram ham og‘ir ahvolda. Tegishli tashkilotlardan iltimos qilaman, ularni bizning qaramog‘imizga olib berishsin”, deydi ayolning otasi.

O‘sha kuni opam uyida kir yuvib o‘tirgan bo‘lgan. U ayol borib, pichoq bilan tashlangan. Baqir-chaqirni eshitib, uydan ikki qizi yugurib chiqqan. Ularga ham pichoq urgan”, deydi marhumaning jiyani.

Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holatni Kun.uz’ga tasdiqladi. Unga ko‘ra, holat yuzasidan Sirdaryo viloyati o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan oam o‘ldirish) 2-qismi “a,v,j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi N.X. protsessual tartibda ushlangan.  

Руслан Сабуров
Muallif Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid