Jahon | 18:48 / 27.07.2021
4408
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy dunyodagi ilk ekologik toza yadroviy reaktor qurishni rejalashtirmoqda

Bunday reaktorni suv bilan sovitishning hojati yo‘qligi bois hukumat undan mamlakatning cho‘l hududlarida foydalanishni ko‘zlamoqda.

Foto: National Laboratory/US Department of Energy

Xitoy olimlari tuz va toriyli sinov yadroviy reaktorini qurish rejasini e'lon qildi, deb xabar bermoqda LiveScience nashri. Uni sovitish uchun suv kerak bo‘lmaydi. 

Taxmin qilinishicha, eritilgan tuzli yadroviy reaktor uranda ishlaydigan an'anaviy reaktorlarga nisbatan ancha xavfsiz bo‘ladi, chunki eritilgan tuz tez soviydi va havo bilan aloqaga kirishganda qotadi. 

Bundan tashqari, yangi «toza» yadroviy reaktorning yarim parchalanishi 500 yilni tashkil etadi, uran chiqindilari esa 10 ming yilgacha yuqori radioaktivligini saqlab qoladi.

Bunday reaktorni suv bilan sovitishning hojati yo‘qligi bois hukumat undan mamlakatning cho‘l hududlarida foydalanishni ko‘zlamoqda.

Reaktor prototipi avgustda qurib bitkaziladi, dastlabki sinovlar esa sentyabrda boshlanadi. 

Xitoy shuningdek, yangi turdagi yadroviy reaktorlarni boshqa mamlakatlarga ham eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid