Jahon | 22:29 / 28.07.2021
6177
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiadaga mezbonlik qilayotgan Tokioda ikkinchi kun rekord darajada kunlik kasallanish qayd etildi

Foto: Global Look Press

Hozirda yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tayotgan Tokioda oxirgi sutkada 3177 kishida koronavirus aniqlandi. Yaponiya poytaxtida kunlik kasallanish holatlari birinchi marta 3 mingdan oshdi va qatorasiga ikkinchi kun rekord ko‘rsatkichni qayd qildi.

Umumiy hisobda oxirgi sutkada Yaponiyada 9576ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich ham mamlakat uchun antirekord hisoblanadi.

Olimpiada ochilishi oldidan Yaponiyada uning o‘tkazilishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Mahalliy aholi pandemiya vaqtida bunday keng ko‘lamdagi sport tadbiri o‘tkazilishiga qarshi chiqdi. Ayni vaqtda Olimpiada ishtirokchilari orasida 100dan ko‘proq kasallanish holati qayd etildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid