


Lissabon – Portugaliya poytaxti, Yevropaning eng qadimgi shaharlaridan biri. VIII asrdan XII asrga qadar arablar hukmronlik qilgan. Shu boisdan bo‘lsa kerak, arab me'morchiligi aksariyat binolarda sezilib turadi.


O‘zining qulay joylashuvi bu shaharga ko‘p boyliklar orttirish imkonini bergan. O‘rta asrlarda Lissabon Yevropa, Afrika va Osiyo davlatlari o‘rtasidagi eng muhim shahar hisoblangan. Aniqrog‘i, savdo-sotiqning katta qismi aynan shu shahar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Dengizchilar uzoq dengiz safarlariga Lissabon shahridan xususan, Vasko da Gamma Lissabon orqali chiqqan.



Portugaliya bugungi kunga kelib Yevropa Ittifoqining nisbatan kam rivojlangan davlatlari qatoriga kiradi.
Biroq o‘rta asrlarda Portugaliya va xususan Lissabon shahri Yevropaning eng kuchli davlat va shaharlaridan biri bo‘lganini bugungi kunga qadar saqlanib qolgan qasrlar, saroy va cherkovlar misolida ko‘rish mumkin.


























