Gretsiya, Ispaniya va Portugaliyada örmon yonğinlari şaharlarga yaqinlaşgani bois ommaviy evakuatsiya e’lon qilindi.
Gretsiya öt öçiriş xizmati vakili Vasilis Vatrakoyanisning sözlariga köra, yonğinga qarşi kuraşiş vaqtida kamida 15 nafar öt öçiruvçiga tibbiy yordam körsatişga töğri keldi. Afina qöşni Albaniyaga ham örmon yonğinlarini öçirişda yordamlaşiş uçun öz kuçlarini jönatdi.

Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes Kastiliya va Leon regionida öt öçiruvçining halok bölişi munosabati bilan ta’ziya bildirdi. Mamlakatda 8000 kişi evakuatsiya qilindi. Xabar qilinişiça, Leondagi yonğinlar 38 000 gektar maydonni qamrab olgan.

Portugaliyada bir neça haftadan beri davom etayotgan yonğinlarni öçiriş uçun minglab öt öçiriş brigadalari jalb etildi. Arganil şahridagi yonğinlarni öçirişda 900dan ortiq öt öçiruvçi qatnaşmoqda.











