Kun.uz muxbiri sayyor qabul yakunida Qömita raisi Alişer Maqsudov bilan Özbekistonda dolzarb bölib turgan ekologik muammolar, ularning yeçimlari, ijtimoiy tarmoqlarda Qömita va uning rahbariyatiga bildirilayotgan tanqidiy fikrlar hamda Qömita oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan intervyu uyuştirdi.

— Oxirgi yillarda mamlakatda böy körsatayotgan ekologik muammolar, qayta-qayta takrolanayotgan ekologik jinoyatlar Özbekistonning jinoiy, ma'muriy qonunçiligida ekologik qonun talablarini buzganlik uçun javobgarlik masalasi qat'iy harakterda emasligini körsatmoqda.

Sizningça, bu boradagi tartiblarni qat'iyroq belgilaş vaqti kelmadimi?

— Ekologiya qonunçiligini kuçaytiriş uçun köp qonunlar çiqyapti. Joriy yil boşidan buyon ikkita ana şunday qonun çiqdi. Şuningdek, bu borada prezident qarori ham qabul qilindi. Katta bir ilmiy akademik jamoa yana boşqa qonunçilik ustida iş olib bormoqda.

—Xöş, yaqin vaqt içida biz bu sohada aynan qanday özgarişlarni kutişimiz mumkin?

— Hozirgi kiritilayotgan qonunçilikdagi özgarişlar maişiy çiqindilar, daraxt kesişga qarşi kuraş, şuningdek, karerlar faoliyatini tartibga soliş kabi yönalişlarda olib borilyapti.

— Aynan sizning imzoingiz bilan vahşiylarça otilgan qönğir ayiq masalasi. Bu borada qömitaning turli mutaxassislari tuşuntirişlar berişdi. Bugun özingiz bu masalada tuşuntiriş bersangiz.

— Qönğir ayiqni otiş masalasida davlat Ekologiya qömitasining özi qaror qabul qilmagan. Ruxsat bergan komissiya tarkibida Fanlar akademiyasi olimlari, akademiklar, fan doktorlari bor va bu işning hisob-kitobi qilib bölingandan keyin şu qarorga kelingan va men faqat tasdiqlab berganman.

— Örganişlarim böyiça, «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlar soni böyiça akademiya ma'lumotlari ham ayrim holatlarda taxminlarga asoslanadi. Ekologiya qömitasi buni nazoratga olişi kerak emasmi?

— Komissiya tarkibida faqatgina FA olimlari emas, boşqa taşkilotlardan ham vakillar kiritilgan. Eşitgan bölsangiz, Surxondaryoda ayiqlar tomonidan 40ta qöy böğizlab taşlangan, Qaşqadaryoda esa aytib bölmaydigan darajada işlar bölgan. Mana şu kabi holatlarni işçi guruh örganib çiqqandan keyin xulosasini beradi. Bitta taşkilot xulosasiga köra iş tutilmaydi, men bunga işonmayman, boşqalarning ham xulosalarini oliş kerak.