Yangi Toşkent aholisi zarur xizmatlardan piyoda yoki velosipedda 15 daqiqa içida foydalaniş imkoniyatiga ega böladi. Bu haqda AOKAda ötkazilgan brifingda Yangi Toşkent direksiyasi axborot xizmati rahbari Şahnoza Nurmatova ma’lum qildi.

Yangi Toşkentda yaşil quriliş konsepsiyasini joriy etiş Özbekistonning iqlim barqarorligi strategiyasining muhim tarkibiy qismidir. Şaharni barqaror rivojlantirişda energiya samaradorligi va qayta tiklanuvçi manbalardan foydalaniş ustuvor yönalişdir.

Şaharning energiya ta’minoti deyarli 100 foiz qayta tiklanuvçi energiya manbalariga asoslanadi. Birinçi bosqiçda paxta poyalaridan işlab çiqariladigan bioyonilği asosidagi trigeneratsiya qurilmasi işga tuşiriladi. Bu inşoot 50 MVt issiqlik va 27 MVt elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Quyoş elektr stansiyalari va gidroelektr quvvatlari orqali şaharga 1 GVt dan ortiq yaşil energiya yetkazib beriladi. Energiya uzluksizligini ta’minlaş maqsadida yirik energiya saqlaş tizimlari örnatiladi.

Loyiha doirasida birinçi bosqiçda yerning 30 foizi yaşil park va xiyobonlar uçun ajratiladi. Binolarda yaşil tom texnologiyasi joriy etilib, ularning jazirama yoz kunlarida salqinlikni saqlaşiga xizmat qiladi. Bu innovatsion yeçim şaharning iqlimiy barqarorligini oşiradi va energiya tejamkorligini ta’minlaydi.