Samarqand viloyati Jomboy tumanida fermer xöjaligi tabiatga 137 mlrd sömdan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi qayd etişiça, tumanning «M.T.» fermer xöjaligi vakillari Oqdaryo daryosidan noqonuniy ravişda ekskavator va yuk maşinalari vositasida qum-şağal aralaşmasi qazib olgan.
Oqibatda tabiatga 137 milliard 472 million 370 ming 649 söm zarar yetkazilgan. Bu – Markaziy bankning bugungi kursida 10 mln 590 ming dollardan ortiqni taşkil etadi.

Holat yuzasidan ekskavator va ikkita yuk taşuvçi transport vositasi jarima maydoniga joylaştirilgan. Töplangan hujjatlar holatga huquqiy baho beriş va çora köriş maqsadida Boş prokuraturaga yuborilgan.

















