O‘zbekiston | 10:47 / 28.07.2021
4250
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand aeroportida qashqadaryolik qizlarni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayol ushlandi

Samarqand aeroportida Qashqadaryo viloyatida yashovchi uch nafar yengil tabiat qizni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayol qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Shahrisabz shahar IIBga shaharning «G‘alaba» MFYda yashovchi ayol N.S. moddiy tomondan qiynalgan qizlarni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun yubormoqchi bo‘lgani haqida xabar tushgan.

Qayd etilishicha, N.S. Turkiyada bo‘lgan tanishi T.D. va boshqalar bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. So‘ng, 25-30 yoshli yengil tabiatli U.Sh. A.G. va J.L.ga «Samarqand–Turkiya» yo‘nalishidagi samolyotga o‘z hisobidan 1 500 AQSh dollariga chipta sotib olib bergan.

Ta'kidlanishicha, bu uch xotin-qiz Samarqand xalqaro aeroportida samolyotga chiqayotganida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid